Адрес:

Toshkent sh. Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 36-uy

UZ RU
Главная
Вступление в ассоциацию

Uyushma a’zolari tarkibiga kirmoqchi bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan ariza Uyushma a’zolari umumiy yig’ilishi qarori bilan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.

Uyushma a’zosiga qimmatli qog’oz hisoblanmaydigan guvohnoma beriladi.

Uyushma har bir a’zo tashkilot bilan “a’zolik shartnomasi” tuziladi.

Uyushma umumiy yig’ilish qarori asosida a’zo tashkilot:

  • ko’ngilli ravishda Uyushma tarkibidan chiqishni istaganda;
  • o’z vazifasini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda;
  • o’zining harakatlari bilan Uyushmaning maqsad va vazifalariga to’sqinlik qilganda;
  • a’zolik badalini belgilangan muddat o’tganidan keyin uch oy davomida to’lamaganida;
  • qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda Uyushma a’zoligidan chiqariladi.

Uyushma a’zolari tarkibiga kirayotgan yuridik shaxslar Uyushma a’zolari umumiy yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan Tartibga muvofiq Uyushmaga bir martalik kirish badali va yillik a’zolik badallarini to’laydilar.

Uyushma tarkibidan chiqarilgan a’zo tashkilot Uyushmaga bergan mol-mulkka, shu jumladan a’zolik badallariga egalik huquqini saqlamaydi.