Адрес:

Toshkent sh. Mirobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 36-uy

UZ RU
Главная
Деятельность ассоциации
UYUSHMA FAOLIYATI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-842 SONLI QARORI 8-BANDI 5-QISMIDA, FERMER XO’JALIKLARI VA CHORVACHILIK FERMALARI-CHORVACHILIK MAXSULOTLARINI, JUMLADAN, UNING QAYTA ISHLANGAN MAXSULOTINI SOTISH TUSHUMIDAN DAVLATNING MAQSADLI JAMG’ARMALARI HAMDA MAKTAB TA’LIMI JAMG’ARMASIGA MAJBURIY AJRATMALAR TO’LASHDAN OZOD QILINISHI BELGILANGAN EDI. LEKIN, MOLIYA VAZIRLIGI VA DAVLAT SOLIQ QO’MITASI BELGILANGAN IMTIYOZLAR FAQAT CHORVACHILIK FERMERLARIGA TEGISHLI DEB, PARRANDACHILIK XO’JALIKLARIDAN MAJBURIY AJRATMALARNI TO’LASHNI TALAB ETISH HOLLARI BO’LGANLIGI SABABLI...

Uyushma ustaviga muvofiq, Uyushmaning asosiy maqsadlari va vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

Uyushma a’zolarinig qonuniy huquqlari va manfaatlarini ifodalash, hamda himoya qilish;

Respublikada parrandachilik sohasini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;

Uyushma a’zolarining manfaatlarini xalqaro maydonda namoyish qilish, chet eldagi tarmoq korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va rivojlantirish;

Uyushma a’zolarini Respublika va xorijiy mamlakatlarda parrrandachilikni rivojlantirish va yangi ilg’or texnologiyalarni joriy etish to’g’risidagi axborotlar va boshqa materiallar bilan ta’minlashda ko’maklashish;

Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga uslubiy, tashkiliy-texnik va axborot xizmatlarini ko’rsatish;

Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalarni modernizasiya qilish va texnologik jixatdan qayta jixozlashda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalar va kredit resurslarini keng jalb etishga ko’maklashish;

UYUSHMANING TASHKIL ETILISHIDAN ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI

Uyushmaning tashkil etilishidan asosiy maqsad va vazifalarni amalga shirish, ya’ni, parrandachilik xo’jaliklari manfaatlarini turli davlat o’rganlaridaifoda etish va huquqlarini ximoya qilish bo’yicha uyushma mutaxassislari joylarga chiqib, amaliy yordam ko’rsatmoqdalar. Jumladan, soliq va bojxona organlari hamda parrandachilik xo’jaliklari o’rtasida vujudga kelga soliq, bojxona to’lovlari bo’yicha nizolar yuzasidan uyushma a’zolari huquqlarini himoya qilish yuzasidan uyushma mutaxassislari 10 dan ortiq xo’jalik sudlarida ishtirok etdilar va ijobiy natijalarga erishdilar.

Shu bilan birga, uyushma a’zolari maxsulotlarini chetga eksport qilish va chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, ozuq qo’shimchalari va veterinariya preparatlariga bo’lgan extiyojlarni qondirish maqsadida, 2017 yil sentabr oyida “Parranda-vet-yuksalish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Korxona tomonidan bu yo’nalishda chet el hamkorlar bilan o’zaro manfaatli ishlar amalga oshirilib, hozirgi kunda chetdan keltiriladigan bug’doy, o’simlik yog’i, makkajo’xori va boshqa ozuqa qo’shimchalarini O’zbekistinga keltirish ustidan ish olib borilmoqda.

Uyushma o’z faoliyati davomida belgilangan vazifalar doirasida erishgan ijobiy natijalar qatorida, parrandachilik tarmog’ini rivojlantirish va sohadagi mavjud muammolar yechimini topish yuzasidan berlgan taklif va murojaatlari inobatga olinib, parrandachilik korxonalariga qator soliqlar va bojxona to’lovlaridan imtiyozlar belgilanayotganini aytib o’tish mumkin. Imtiyozlardan foydalanib iqtisod qilingan mablag’lar parrandachilik korxonalarini rivojlantirishga va ishlab chiqarishni modernizasiya qilishga yo’naltirilishiga zamin yaratmoqda.

Uyushma o’z faoliyati davomida belgilangan vazifalar doirasida erishgan ijobiy natijalar qatorida, parrandachilik tarmog’ini rivojlantirish va sohadagi mavjud muammolar yechimini topish yuzasidan berlgan taklif va murojaatlari inobatga olinib, parrandachilik korxonalariga qator soliqlar va bojxona to’lovlaridan imtiyozlar belgilanayotganini aytib o’tish mumkin. Imtiyozlardan foydalanib iqtisod qilingan mablag’lar parrandachilik korxonalarini rivojlantirishga va ishlab chiqarishni modernizasiya qilishga yo’naltirilishiga zamin yaratmoqda.